Аholi oʼrtasida jiddiy muhokamalarga sabab boʼlgan gaz quyish shahobchalarida suyultirilgan (propan) gaz hamda metan narxlarining asossiz oshirilishiga yoʼl qoʼymaslik va aholiga xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilash, isteʼmolchilarga yaratilgan sharoitlar sifatini oʼrganish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Oʼzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan oʼrganishlar davom etmoqda. Jumladan, G’ijduvon tuman jamiyati tomonidan bu borada tumandagi gaz quyish shahobchalaridagi holat boʼyicha kuzatuv-oʼrganishlar oʼtkazilmoqda.
Gaz quyish shahobchalarida narxning asossiz oshirilmasligi va barqarorligi, ortiqcha toʼlovlar undirilmasligi, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun va qonunosti hujjatlari targʼiboti oʼtkazilib, gaz quyish shahobchalari rahbar va xodimlariga zaruriy koʼrsatma va tushuntirishlar berildi.
G’ijduvon tuman IHHQ jamiyati Matbuot Xizmati