• O'zbekiston Respublikasi Buxoro viloyat Buxoro shahar A.Navoiy 3-uy

Yangiliklar

2024-07-11

Nuqsoni boʼlgan “Iphone 12 pro max” uchun toʼlangan toʼlov qaytarildi

Yangi xarid qilingan smartfonlardagi nuqsonlar, ular toʼgʼrisidagi murojaatlar va yechimlari borasida koʼplab maqolalar chop etganmiz. Аmmo ishlatilgan telefon qurilmalarida ham nuqson borligini bilsada isteʼmolchiga realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar ham uchrab turadi. 

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Buxoro shahrida joylashgan “Kitoblar Olami” savdo majmuasidagi mobil texnikalar doʼkonidan 5 000 000 soʼmga “Iphone 12 pro max” smartfonini va quvvatlagich xarid qilgan. Uyda telefon qurilmasini quvvatlash mobaynida nosozlik yuzaga kelgan. Tadbirkorga holat boʼyicha bildirganida ustaga yoʼnaltirgan. Natijada isteʼmolchi ortiqcha xarajat qilishga majbur boʼlgan va Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qoldirgan.

Buxoro viloyat hududiy birlashmasi ijrochi direktori А.Аxmadov hamda birlashma mutaxassisi I.Karaev murojaatni tez fursatda oʼrganib, isteʼmolchiga toʼlagan toʼlovi toʼliq qaytarildi. Yana bir murojaat ijobiy yakun topdi.

Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi Matbuot Xizmati