• O'zbekiston Respublikasi Buxoro viloyat Buxoro shahar A.Navoiy 3-uy

Yangiliklar

2024-07-02

MUNOSIB XIZMATLARI UCHUN XIZMAT AVTOMOBILI TOPSHIRILDI

So`z isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish xususida borar ekan, birgina Buxoro viloyatida Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyati hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan qilingan ishlar shubhasiz iste`molchilarning huquqlari qonun bilan kafolatlanganligiga yorqin misol bo`la oladi.

So`ngi yillarda   O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari  tomonidan, isteʼmolchilardan tushgan 34 ta murojaat asosida isteʼmolchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga daʼvo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 3 181 437 460  (uch milliard bir yuz sakson bir million to`rt yuz o`ttiz yetti ming to`rt yuz oltmish) so‘m moddiy va maʼnaviy zararlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Ta`kidlash kerakki, ayrim holatlarda fuqarolarning murojaatlarini tezkor ravishda hal etish talab qilinadi. Bunda albatta xizmat avtomobillarining o`rni sezilarli bo`ladi. Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya raisi J.Sarimsoqov tomonidan Buxoro viloyati birlashmasiga  xizmat avtomobilini topshirar ekan ayni masalaga alohida to`xtalib o`tdi.