Toza ichimlik suvi isteʼmolini hisoblash, qarzdorlikni bartaraf etish hamda toʼlovlarni oʼz vaqtida toʼlash fuqarolikning asosiy burchlaridan hisoblanadi. Аyrim hollarda mavjud boʼlmagan qarzdorlik yuzasidan isteʼmolchilarga xatlar yuborilgan boʼlsa, baʼzida ortiqcha qarzdorlik summalari hisoblanganiga guvoh boʼlamiz.
Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro А.B xonadonida isteʼmol qilingan ichimlik suvi uchun qarzdorlik mavjud boʼlgan. Аmmo toʼlov anchayin, kamiga ikki karra yuqoriligi tuman Oʼzsuvtaʼminot MChJ filliali masʼullari tomonidan belgilangan. Holatga oydinlik kiritish maqsadida fuqaro amaliy yordam soʼrab Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch raqami orqali murojaat qoldirgan.
Vobkent tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat oʼrganilishi mobaynida isteʼmolchi qarzdorligi yangi narxnoma orqali hisoblangani, texnik xato evaziga katta qarzdorlik yuzaga kelganligi aniqlandi. Shu kunning oʼzida muammo bartaraf etilib, murojaat ijobiy hal etildi.
Vobkent tuman IHHQ jamiyati Matbuot Xizmati