⚡️Umumiy ovqatlanish shahobchalarida isteʼmolchilar huquqi qanchalik buzilmoqda?
Oʼzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisining tegishli buyrugʼiga asosan Buxoro viloyati boʼylab umumiy ovqatlanish shahobchalari faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida monitoring tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, Romitan tumanida ham bu kabi tadbirlar natijasida qator shahobchalarda isteʼmolchilarga yaratilgan sharoitlar, qonunchilik ijrosi oʼrganilmoqda.
Narxnomalarning mavjudligi, sanitariya normalariga rioya etgan holda ovqat tayyorlash jarayoni, peshlavhalar koʼrinarli joyga ilib qoʼyilganligi va bu kabi qonuniy talablar yuzasidan shahobchalar tomonidan yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar maʼlumotnoma shaklida rasmiylashtirilib, tegishli tashkilotlar va mahalliy hokimliklarga yoʼnaltirib boriladi.
Romitan tuman IHHQJ Matbuot Xizmati